Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Farg'ona  filialida filial Axborot resurs markazi boshlig'i G.Matkarimova  tomonidan mart  oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun “Kitoblar ko‘rgazmasi”  tashkil etildi. Ko'rgazmada filial kutubxonasi  fondidan joy olgan barcha turdagi  o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darslik, siyosiy-badiiy adabiyotlar,  elektron kutubxona hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kutubxona bilan xam tanishtirildi.