Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkillandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona filialida joriy yilning 7-iyun kuni filial Axborot-resurs markazi bo‘limi boshlig‘i G.Matkarimova tomonidan iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi” hamda Pedagogika fanlari doktori, professor X.Sh.Xankeldiyevning “Regional features of the physical status of youth students” nomli monografiyasi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda ustoz kitobxonlarga o‘zi yaratgan monografiyani mazmun mohiyati haqida tushuncha berib o‘tdi. So‘ng G.Matkarimova so‘z olib Filial kutubxonasida mavjud adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar va elektron kitoblar bilan tanishtirib o‘tdi.

