Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida “Kitob ko‘rgazmasi” tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida joriy yilning 9-mart kuni Axborot resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan malaka oshirish kursi  tinglovchilariga “Kitob ko‘rgazmasi” tashkillandi. 
Ko‘rgazmada tinglovchilar yangi kelgan adabiyotlar va filial kutubxonasidan joy olgan  adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan tanishdilar.