Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Kibersport” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali "Axborot texnologiyalari" kafedrasi v.b. professori A.D. Xalilov va filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi o'qituvchi M.Q.Mamajonov tomonidan Kibersportning asosiy turlari va yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kibersportni an'anaviy sportdan farqi haqida davra suhbati o‘tkazildi.


