Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida Karate (WKF) sport turi boʼyicha trener va hakamlar onlayn suhbatda ishtirok etishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-356-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, hamda Oʼzbekiston Respublikasi sport vazirligining “Karate (WKF) sport turi boʼyicha trener va hakamlarni attestatsiyadan oʼtkazib, uning natijasidan kelib chiqib yil davomida ularga sport musobaqalarida qatnashishi yuzasidan xulosa berish toʼgʼrisida”gi 2024-yil 20-martdagi 01/429-A/F-sonli buyrugʼiga muvofiq attestatsiyadan oʻtadigan Andijon, Namangan hamda Fargʼona viloyatlari trener hamda hakamlari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʼona filialida zoom platformasi orqali onlayn suhbatda ishtirok etishdi.