Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida karate texnikasi va qonun-qoidalari, himoya va hujum usullari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan oktabr oyi tinglovchisi, Karate bo‘yicha trener Mo'ydinov Murodjon Abdulatibovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi. Ushbu mahorat darsida M.Mo’ydinov tomonidan Karate texnikasi va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar, himoya va hujum usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi. Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

