Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida “Kamondan o‘q otish” nomli darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida joriy yilning 7-iyun kuni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedra mudiri dotsenti Q.Yu.Nazirovning “Kamondan oʻq otish” nomli darsligi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda dastlab, filialning oʻquv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Bekov soʻzga chiqib, muallifga oʻz tabrigi va minnatdorchiligini bildirgan holda taqdimotni ochib berdi. Taqdimotda muallif tomonidan filial professor-oʻqituvchilariga darslikni mazmun va mohiyati yoritib berildi.

