Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy xona tashkil etildi
Joriy yilning 19-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy xona tashkillanib, xona barcha zaruriy jihoz va texnikaviy vositalar bilan ta’minlandi hamda shay holatga keltirildi. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Nazirov ushbu tashkillangan zamonaviy professor-o‘qituvchilar xonasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan kafedra o‘qituvchilarini yaqindan tanishtirib o‘tdi.
Filial direktori A.Tishabayev kafedra o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning ilmiy va pedagogik faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.


