Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga Axborot resurs markazi tanishtirildi.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona  filialida noyabr oyi  “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari  malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali amaliy mashg'ulotidan so'ng filial Axborot resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan  “Kitob ko‘rgazmasi” tashkillandi. Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,  elektron kutubxona hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti , siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kitoblar maxsus stend-javonlar bilan ham tanishtirildi.