Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida “Is gazidan zaharlanishni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
✅Joriy yilning 28-yanvar kuni filialning Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N.S.Matxoshimov tomonidan filial professor-o’qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida “Is gazidan zaharlanishni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
✅Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikada so‘ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki is gazi rangsiz, hidsiz, eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi.
✅N.Matxoshimov yig’ilganlarga is gazidan zaharlanishni oldini olish bo’yicha zaruriy choralar haqida gapirib, tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berib o’tdi.


