Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan rektor huzuridagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan Farg'ona filialida navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda filial rahbariyati, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda:
Rektor huzuridagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash;
Filialda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlari tahlili;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.


