Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha kafedra yig’ilishi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 18-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasida Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusini tasdiqlash to'g'risida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig’ilishda kafedra mudiri N.Yuldasheva, kafedra professor-o’qituvchilari hamda kafedraning yosh tadqiqotchilari ishtirok etdi hamda yosh tadqiqotchilarga dissertatsiya mavzusi bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berildi.


