Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida ilmiy ishlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 25-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri dotsent Q.Nazirov hamda kafedra p.f.b.f.f.d. (PhD) v.b. dotsenti D.Norkulov tomonidan ilmiy tadqiqot olib borayotgan filial o‘qituvchilari hamda filialning yosh tadqiqotchilari ishtirokida davra suhbati tashkillandi.Davra suhbatida D.Norkulov hamda filial "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri dotsent Q.Nazirov tadqiqotchilarning ilmiy ishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, avtoreferat yozish bo‘yicha o‘zlarini takliflarini berishdi.


