Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi seminar trening boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Psixologik treningni Fargʻona davlat universiteti psixologiya fani oʻqituvchisi, dotsent M.B.Yuldasheva olib bordi.
“Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi seminar treningda filial professor-oʻqituvchilari, xodimlari qatnashdilar. Seminar treningda “6 kvadrat”, “Dembo-Rubinshteynning oʻz-oʻziga baho berish”, “Choʻlga sayohat”, “Hayvonlarga munosabat” metodikalaridan va “Z.Freydning assotsiativ testi” dan foydalanildi.


