Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusida seminar trening tashkil etildi
Joriy yilning 16-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Psixologik treningni “Sport psixologiyasi” fani o‘qituvchisi M.B.Yuldasheva olib bordi. “Ijobiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusidagi seminar-treningda Farg’ona filiali “Basketbol” guruhi tinglovchilari qatnashdilar. Treningda “Tanishuv mashg‘uloti”, “Yaxshi sifatlar lug‘ati”, “Tugatilmagan gap”, “Ko‘ngilsizlikni yengib o‘tamiz!” mashqlaridan foydalanildi.


