Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida "Har kuning bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida yaqinlashib kelayotgan Navro'z – yangilanish va yasharish bayrami munosabati bilan “Har kuning bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida bayram tadbirlari, jumladan “Osh musobaqasi” va sport bellashuvlari tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirini filial direktori A.Tishabayev ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklab, bellashuv va musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.
Bayram tadbiri boshlovchilari va filial professor-o'qituvchilari tomonidan bahoriy she'r va tabriklar aytildi. Shundan so'ng musobaqa hakamlar hay’ati tarkibi tanishtirib o‘tildi hamda bayramona ohangda doira sadolari ostida musobaqa va bellashuvlarga start berildi.


