Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan Farg‘ona filialida uchrashuv tashkil etildi.
Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashg‘ulotlariga Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya”  kafedrasi professor-o‘qituvchilarining  jalb etilishi, o‘quv uslubiy ishlar va modullardan o‘quv uslubiy majmualarning takomillashtirilishi,  modullar bo‘yicha  test savollarini qayta ko‘rib chiqish  haqida gapirib o‘tdi.
 Suhbat yakunida kafedralar o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik rejalari kelishib olindi.