Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida hamkorlik shartnomalari ijrosi ta’minlanmoqda
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi bilan 2021-yil 27-iyuldagi tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Nosirbek Otaqo‘ziyev,  “Neftchi” PFK bosh treneri Vitaliy Grigorevich Levchenko hamda yordamchi trener Vladimir Raimovich Ejurovlar Futbol guruhi tinglovchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi.
Tomonlar o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o’zaro fikr almashildi va filialda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.