Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida hamkorlik ishlari yuzasidan uchrashuv tashkillandi
 
Joriy yilning 19-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Fargʻona davlat universiteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalar bajarilishi yuzasidan Fargʻona filialida uchrashuv tashkillandi.
Uchrashuvda filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashgʻulotlariga Fargʻona Davlat universiteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining jalb etilishi, oʻquv uslubiy ishlar va modullardan oʻquv uslubiy majmualarning takomillashtirilishi haqida, shuningdek, universitet  “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Nargiza Alimova oʻquv–uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar tashkil qilish boʻyicha  oʻz takliflarini bildirdi.