Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 6-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga 70 yoshni qarshilangan 800 metrga yugurishda O‘zbekiston rekordchisi, 1983-yilda Xelsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining 1500 metrga yugurishda kumush medali sovrindori Zamira Xamatxanovna Zaitseva hamda 75 yoshli 5000 metrga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston rekordchisi,  Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining "Jismoniy tarbiya,  sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi  v.b. professori Ashur Nazarovich Normurodov tashrif buyurdi.
Z.Zaitseva hamda A.Normurodov filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi.