Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hamda O'zbekiston Turon yakkakurashi federatsiyasi Farg'ona viloyat bo'limi  o‘rtasida  o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida: 

✅trenerlarni malakasini oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish;
✅tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha o‘zaro axborot almashish;
✅tomonlar mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish va shu kabi masalalar yuzasidan birgalikda kelishib olindi.