Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Futbolchilarni texnik taktik mahoratini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish” mavzusida seminar tashkillandi.

Seminar filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchisi K.Mirzabayev tomonidan olib borildi.
Seminarda quyidagilar muhokama qilindi:
Texnik-taktik tayyorgarlikning zamonaviy usullari;
UEFA va FIFA standartlariga asoslangan metodikalar;
Video tahlil va analitik dasturlar yordamida taktikani rivojlantirish;
Mashqlar orqali texnik harakatlarni yaxshilash;
Oʻyin videolari asosida taktik tahlil.
Ushbu seminarda Futbol guruhi tinglovchilari faol ishtirok etib, amaliy bilim va tajriba almashdilar.