Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida futbol trenerlari yangi 2+2 tizimi asosida malaka oshirmoqda.
Farg‘ona filialining yanvar oyi “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursining “Futbol” guruhi tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining 2024-yil 19-fevraldagi qo‘shma qarori bilan 2+2 tizimi asosida malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlarini Farg‘ona futbol markazi hamda Farg‘ona filialidagi tashabbusli budjet loyihasi doirasida zamonaviy ta’mirlangan stadionida tajribali xalqaro hamda milliy terma jamoa, oliy liga futbol trenerlari va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida olib bormoqda.


