Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida filial xodimlarining farzandlari uchun “Yangi yil” tadbiri tashkillandi.

Joriy yilning 29-dekabr kuni O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida filial xodimlarining farzandlari uchun “Yangi yil” tadbiri tashkillandi. 

Tadbirni filial direktori A.Tishabayev ochib berdi va yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Ushbu tadbirda filial xodimlarining farzandlari tomonidan bayram haqida she’r va raqslar ijro etildi va ularga filial kasaba uyushmasi tomonidan bayram sovg‘alari taqdim etildi.