Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida Federatsiyalar bilan hamkorlik aloqalari
O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hamda Farg'ona viloyati shaxmat federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik doirasida:
✅ malaka oshirish faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish;
✅o‘quv uslubiy, ilmiy metodik faoliyatda tomonlar mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅tomonlar o‘zaro hamkorlikda Sport pedagogik mahoratini oshirish hamda mahorat darslarini tashkil etish;
✅tomonlarni ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish kabi qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.

