Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti Farg‘ona filialida joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilariga kuz-qish mavsumini hamda yong‘in xavfsizligi oyligini betalofat o‘tkazish borasida yaratilgan imkoniyatlarni tushuntirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbirda qutqaruv xizmatining texnika va asbob-anjomlari tanishtirildi hamda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.



