Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-261-son qaroriga muvofiq mamlakatimizdagi korxona va tashkilot xodimlari va ularning oila a’zolarini, umumiy o’rta, o’rta-maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi hamda talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo’lgan shaxslar va keksalarni muzeylar va tarixiy manzilgohlarga keng jalb qilish vazifasi belgilangan.