Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Faollar zali” zamonaviy onlayn video muloqot qurilmalari bilan jihozlandi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida onlayn seminarlar, davra suhbatlari, muhokamalar, uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlarni sifatli tashkillash maqsadida “Faollar zali” zamonaviy onlayn video muloqot qurilmalari bilan jihozlandi.