Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida Eng istiqbolli kadrlar tanlovi o‘z ishini boshladi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 01/1521-A/F-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” gi U-127-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Farg'ona filialida Eng istiqbolli kadrlar tanlovining hududiy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh o‘z ishini boshladi.
Ishchi guruh raisi, filial direktori A.Tishabayev, direktorning o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari B.Bekov hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan tanlovning test va suhbat jarayonlari adolatli, xolisona va shaffof holda munosib nomzodlarni saralash hamda Respublika bosqichi yakuniy suhbatga tavsiya etish yuzasidan ishlar uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda.
Tanlovining hududiy bosqichi Farg'ona filialida 7-dekabrga qadar davom etadi.