Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida dissertatsiya seminari bo'lip o'tdi.
Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, dotsent Tishabayev Alisher Maxamatdjanovichning 07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi (1991-2019-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi seminari boʻlib oʻtdi.
Seminar soʼnggida A.Tishabayevning dissertatsiyasi yuzasidan fikr, mulohaza va takliflar tinglandi hamda 100% natija bilan keyingi bosqichga oʼtdi. A.Tishabayevni institut hamda uning filiallari jamoasi nomidan tabriklaymiz!