Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
✅Joriy yilning 1-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Yuldasheva Nargiza Egamberdiyevnaning 13.00.02-“Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (jismoniy tarbiya) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining dastlabki kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 
✅Filial direktori A.Tishabayev raisligida o‘tkazilgan ushbu muhokamada P.f.d, professor Sh.Xankeldiyev, dotsent A.Abdullayev, P.f.b.f.d. (PhD) Z.Usmonov,  P.f.b.f.d. (PhD) D.Norqulov, F.f.b.f.d. (PhD) U.Azimov, dotsent O.Qambarov va boshqalar ishtirok etdi. 
✅Muhokama so‘nggida professor-o‘qituvchilar tomonidan N.Yuldashevaning dissertatsiyasi yuzasidan fikr va mulohazalari, takliflari tinglandi.