Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-AF-son buyrug‘i hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yil 29-avgustdagi U-97 sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sentabr oyida reja asosida malaka oshirishga jalb qilingan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda jismoniy tarbiya yo‘riqchilari   uchun Namangan va Andijon viloyatlari Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari amaliy dars mashg‘ulotlarini professor-o‘qituvchilar tomonidan yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminov tomonidan davra suhbati tashkillandi.