Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 2023-yil 8-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–860-son Qonuni mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilish hamda tushuntirish maqsadida filial Bosh yuriskonsulti A.Vahidov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Davra suhbatida filial direktor o‘rinbosari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, mutaxassis hamda xodimlari ishtirok etdi hamda mazkur Qonun mohiyati bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.