Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 19-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son Konstitusiyaviy Qonuni mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotatsiya, infografika, slayd)lar filial professor-o’qituvchilari hamda xodimlariga filial dotsenti v.b. f.f.b.f.d., (PhD) Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich tomonidan tanishtirildi hamda ma’lumotlar berildi.