Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 16-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o’qituvchisi R.Kuzibayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi “Qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-287-son Qarori mazmun-mohiyatini filial professor-o’qituvchilari hamda tinglovchilariga tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida R.Kuzibayev Respublikada Qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qarorda belgilab qo’yilgan vazifa va chora-tadbirlar to’g’risida qatnashchilarga ma’lumotlar berib o’tdi.


