Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati tashkillandi
Farg’ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan 31-may “Butun jahon chekishga qarshi kurash kuni” munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlariga “Chekishning inson salomatligiga salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
 Unda kafedra o‘qituvchisi N.S.Matxoshimov ishtirokchilarga - Butun jahon tamakisiz kun -1988 yilda butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan qabul qilinganligi, statistik ma’lumotlarga ko’ra sayyoramizning 50% erkaklari chekishini, chekadigan ayollar esa biroz kamroq bo’lib, hamma ayollarning to’rtdan birini tashkil qilishini, chekish ham kasallik turiga kirib, aroqxo’rlik va narkomaniya bilan bir qatorda turishini, uning inson salomatligiga salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar berib o’tdi.