Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlisdagi nutqlarida asosiy vazifalar to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Layloxon Begimqulova olib bordi.
Davra suhbatida L.Begimqulova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to’liq amalga oshirish bo‘yicha fikrlari haqida ma’lumotlar berdi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti alohida dasturlar ishlab chiqilishi lozimligini ta’kidlab o‘tganligini aytib o‘tdi.
Davra suhbatida tinglovchilar faol ishtirok etdi. Davra suhbati bahs-munozara shaklida bo‘lib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.