Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 2025-yilni “ATROF-MUHITNI ASRASH VA YASHIL IQTISODIYOT YILI” deb nomlanishi munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha trenerlar malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
Davra suhbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Toirov Sherzodbek olib bordi. Davra suhbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Yuldasheva ochib berdi.
Davra suhbatida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida fuqarolarlarning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2025-yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi hamda ushbu tashabbusni yig‘ilganlar to‘liq qo‘llab-quvvatlaganliklari haqida filial direktor o‘rinbosari B.Bekov gapirib o‘tdi.