Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi

Joriy yilning 12-noyabr kuni Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.S.Matxoshimov tomonidan filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlariga Botulizm kasalligi va uning kelib chiqish sabablariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
Unda N.Matxoshimov professor-o‘qituvchilar va xodimlarga botulizm kasalligining kelib chiqishi va uning klinik belgilari hamda uning profilaktikasi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.