Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi.
Filialning viloyat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi hamda filialning "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi bilan hamkorlikda malaka oshirish kursi tinglovchilariga davra suhbati o‘tkazildi. Unda Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, professor, tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) N.Fattaxov, assistent A.Abdulxakimovlar trener-murabbiylarga sport travmalari, jarohatlanish, lat yeyish, chiqishlar, suyak sinishlarida birinchi malakali tibbiy yordam haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek hamkorlar filialda tashkillangan yangi tahrirdagi adabiyotlar ko‘rgazmasida ham ishtirok etishdi.


