Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 6-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Ommaviy madaniyat” mavzusida sport turlari bo‘yicha trenerlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. 
Davra suhbatida davomida Farg‘ona davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Nishonov Abdurashid Abdurasulovich globallashuv davridagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan va yoshlar ahloqiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardan biri “Ommaviy madaniyat” haqida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berdi.