Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash malaka oshirish instituti Farg‘ona filiali xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.N.Kurbonova tomonidan joriy yilning 5-iyun kuni Farg‘ona filialida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni qabul qilinishi, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash siyosatini izchil davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi haqida, hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 5 ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘z aksini topganligi, uning 25-maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi. Davra suhbati bahs-munozara shaklida bo‘lib o‘tdi.


