Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati tashkillandi

Joriy yilning 11-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti (PhD) U.Azimov  tomonidan filial professor-oʻqituvchilari va xodimlariga 9-noyabr kuni Toshkent shahrida  “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitining  mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda ushbu sammitning maqsadi va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.