Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 6-oktabr kuni 800 metrga yugurishda O‘zbekiston rekordchisi Zamira Xamatxanovna Zaitseva hamda 5000 metrga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston rekordchisi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi v.b. professori Ashur Nazarovich Normurodov tomonidan filialning oktabr oyi “Yengil atletika” malaka oshirish guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.



