Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi mutaxassislari tomonidan davra suhbati tashkillandi.
Ushbu davra suhbatida:
-kafedralarda o‘quv yuklamalari bajarilishi, o‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish, 3+1 tizimida ko‘zda tutilgan  amaliy dars jarayonlaridan unumli foydalanish, takomillashtirish bo‘yicha takliflar eshitilib muhokama qilindi.