Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 4-mart kuni Farg‘ona filialida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika fanlari nomzodi, professor Hadjayev Faxriddin,  pedagogika fanlari nomzodi, professor Jumanov Ortiqboy Sangilboyevichlar  tomonidan filialning mart oyi malaka oshirish kursi Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Ushbu davra suhbatida Jismoniy tarbiya  darsining maqsadi, vazifalari, dars jarayonida yangi pedagogik  usullardan samarali foydalanish haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.