Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 4-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish maqsadida filial professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasi v.b. dotsenti, PhD U.Azimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 731-sonli, "Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 571-sonli Qarorlar mazmuni haqida qatnashchilargan maʼlumotlar berib o‘tdi.