Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 13-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida f.f.b.f.d., (PhD) U.A.Azimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 16-noyabr, PQ-423-son qarori mazmun-mohiyatini tinglovchilarga tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida U.Azimov Respublikada kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi.