Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 28-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-mart kuni qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ–821-son Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu Qonunning mazmuni va undagi vazifalar bo‘yicha “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d (PhD) Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich ma’lumotlar berib o‘tdi.

