Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 25-fevral kuni Farg‘ona filialida O'zbekiston Yengil atletika federatsiyasi Andijon viloyat bo'limi ijrochi direktori Mirzayev Ilhom hamda  Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Yengil atletika treneri Nasirov Nodir Kabilovich ishtirokida davra suhbati tashkillandi. 
Davra suhbatida N.Nasirov yengil atletikada past startdan chiqish texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tildi.
Ushbu davra suhbatida filialning “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida  tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.